Apr 11
Iyun 11
Iyun 11
Iyun 11
Iyun 11

Web-dizayn tushunchasi

Web-dizayn atamasi 2 qismdan iborat. Birinchi qismi – Web – bu World Wide Web–Butunjaxon o’rgimchak to’ri so’zlarining qisqartmasi.Ikkinchi qismi «dizayn» –inglizcha design so’zidan olingan bo’lib, loyihalash, konstuksiyalash, rejalashtirish, chizish, rasm hosil qilish degan ma’nolarni bildiradi. Shunday qilib, ingliz tilidan Web-dizayn atamasini «Web –loyiha» yoki «Internet uchun loyihalash» deb tarjima qilish mumkin.

Web-dizayn maxsus uskunalar (kompyuter va tahrirlovchi dasturlar), maxsus dasturlash tillari (JavaScript, Java, Perl, C++, PHP va b.), gipermatnni belgilash tili HTML va tarmoq texnologiyalari (CGI, CSS, SSI va b.) ni qollashga asoslangan tasviriy san’atning yangi janri hisoblanadi.

Web-dizaynning maqsadi Internetda joylashgan obyektlar (web-sahifalar, bannerlar, appletlar, scriptlar, web-sahifalarning ayrim elementlari) ni loyihalash (yaratish) dan iborat.

Web-dizayner (yoki Web-master, Web-usta) – Web-dizayn bilan shug’ullanuvchi rassom-dasturchi.

Web-dizayn fanini o`qitishdan maqsad– har bir mutaxassis o`z kasbiy sohasida egallashi lozim bo`lgan web-dizaynga oid boʻlgan bilimlardan foydalanib turli hil saytlar yarаtish va unga ishlov berish imkoniyatlari haqidagi ko`nikma va malakalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.

Web-dizayn fanining vazifasi:

  • Web-texnologiyalar va ularning asoslari;
  • zamonaviy axborot texnologiyalari orqali olinayotgan ma’lumotlarning qanday hosil qilinishi va ulardan foydalanish haqida ma’lumotlarni berish;
  • Web – saytlarni hosil qiluvchi dasturlar va dasturlash tillari bilimlar bilan tanishtirish;
  • Flash muhitida oddiy va interfaol animasiyalar, flash saytlar yaratishga oʻrgatishdan iborat;